Islam Karimov nomidagi davlat stipendiya egasi

Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti «Zooinjeneriya» fakulteti, 3 bosqich Agrobiznes va investitsion faoliyat ta’lim sohasi talabasi Nuranov Ilham

Ma’lumot o’rnida atab o’tish kerak, Nuranov Ilham  yaqinda bo’lib o’tgan Olimpiadalar dunyosi (Mir olimpiada) tomonidan  tashkillashtirilgan Umum Rossiya olimpiadalar tanlovining Qishloq xo’jaligi iqtisodi fani bo’yicha xalqaro diplomga ega bo’ldi.

 

Beruniy nomidagi davlat stipendiya egasi

Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti, «Zooinjeneriya» fakulteti, 4 bosqich Qorako’lchilik ta’lim sohasi talabasi Qutlımuratov Maman

Ma’lumot sifatida atab o’tish kerak, Qutlımuratov Maman, Respublika fan olimpiadasining  2 marotaba g’olibi va O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yillik ko’krak belgisi egasi.

 

To’lepbergen Qayıpbergenov nomidagi davlat stipendiya egasi

Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti «Zooinjeneriya» fakultetining 3 bosqich Yilqichilik va tuyachilik ta’lim sohasi talabasi Turdımuratova Gulida

Ma’lumot o’rnida atab o’tish kerak, Turdımuratova Gulida  “Qishloq xo’jaligi xodimlari” kuni munosabati bilan yaqinda Toshkent shahrida Qishloq xo’jaligi vazirligiga tegishli oliy ta’lim muassasalari talaba yoshlari o’rtasida bo’lib o’tgan sportning stol tennisi turidan 2 o’rin g’olibi bo’ldi.