Latviya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik

    2022 yilning 24 fevral kuni Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalar universitetining O’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha prorektori, professor Aigars Laizans institutimizga tashrif buyurdi. Mehmonlar bilan  institutimiz raxbariyati o’rtasida uchrashuv tashkillashtirildi va tomonlar o’z-aro hamkorlik shartnomasi imzoladi.

  Bundan so’ng professor Aigars Laizans institutimizning konferentsiya xonasida professor-o’qituvchilar va magistranlarga «Barqaror qishloq xo’jaligi» va «Bioekonomika» mavzusida nazariy darslar olib bordi.