Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori, professor E.Sh.Toreniyazov joriy yilning 17 aprel kuni xizmat safari bilan Tailand qirolligiga jo’nab ketdi.

Xizmat safarining birinchi kuni Tailand qirolligidagi baliqchilik departamentida bo’lib o’tdi. Mazkur yig’ilishda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi va loyihalarni amalga oshirish rejalari belgilab olindi.

Ma’lumot o’rnida aytib o’tish kerak, Tailand qirolligiga tashkillashtirilgan xizmat safari xalqaro GIZ tashkilotining «Orol dengizi hududini ekologik moslashtirilgan mintaqaviy rivojlantirish» loyihasi doirasida rejalashtirilgan.