Xitoy universitetlari bilan hamkorlik programmasi

2023-yil 24-yanvar kuni Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan mehmonlar doktor Chjou Xaychao Qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni ishlab chiqarish va qayta ishlash uyushmasi direktori M.Gaipov va “Lanextrakt” MChJ QK direktori M.Aburahimova institut faoliyati va talabalar bilan yaqindan tanishish maqsadida institutga tashrif buyurdi. Mehmonlar institut ma’muriyati tomonidan qabul qilindi va ular birgalikda Xenan qishloq xo‘jaligi universiteti bilan o‘zaro talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvi bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
So‘ngra institut talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi va ularda Xenan qishloq xo‘jaligi universitetida ta’limni davom ettirish imkoniyatlari va kelgusida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.