Diniy baĝrikenglik ajdodlardan meros bo’lgan milliy qadriyat.

«Diniy baĝrikenglik ajdodlarimizdan meros bo’lgan milliy qadriyat» nomli suhbat davrasi Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutining, Meva-sabzavotchilik qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va ishlov berish texnologiyası» fakultetida bo’lib o’tdi. Uchrashuv davrasida fakultet tyutorlari va dekan o’rinbosarlari, talaba yoshlar qatnashdilar.
Suhbatga O’zbeksdan Xalqaro Islom akademiyasi yonidagi malakasini orttirish markazining, Qoraqalpog’iston Respublikasi hududiy filiali o’qituvchisi I. Elmuratov tashrif buyurib, talaba yoshlarimizga diniy baĝrikenglik, ajdodlarimizdan meros qolgan qadriyatlar, ular timsolida birqancha juda mano’li, tillaga nasihat so’zlar aytib, yoshlarimizga yaxshi tushunchalar berdi. Bugungi kunda bunday yo’qolib borayotgan ijobiy illatlarimizni unutmasligimiz, o’z dinimizga mos keladigan ish-harakatlar qilishimiz, kelajak avlodlarga namuna bo’ladigan insonlar bo’lib shakllanishimiz kerakligi haqida aytib o’tdi. Suhbatlashuv yakuninda talaba yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi. Suhbat kechasi qiziqli va mazmunli bo’lib o’tdi.