O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish

chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qarorda talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali barpo etish belgilangan.

Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutiga xususiy tashabbuskor “XAYAT GROUP” MChJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti (0,3 gektar) hududida 400 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi binosini qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan.

Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2020-yil 26-apreldagi 259-sonli “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.

Ilova qilinayotgan hujjatlar:

1) Loyiha konsepsiyasi

2) Loyiha haqida ma’lumot

Mazkur loyihani amalga oshirishdan manfaatdor investorlar 2024-yil 31-martga qadar “Qiziqish bildirish shakli” ni quyidagi manzillarga yuborishlari kerak:

1. Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti: Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahri, P.Seytov koʻchasi 20-uy.

E-mail: s-ulta-n90@mail.ru, ftga_info@edu.uz Telefon raqami: +998 61 2292701, (61) 2292523 (97) 505 90 65;

2. Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi manzili: 100095 Toshkent shahri, Talabalar ko‘chasi, 7-uy.

E-mail: devonxona@edu.uz, Telefon raqami: 71 203-32-23;

3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi manzili: 100017 Toshkent shahri, Istiqlol 29-uy.

E-mail: Alisher.Normurodov@imv.uz, Tel. raqami:  71 203-50-50 (01936).

“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, davlat sherigi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkaziladi.