Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutida Yaponiyaning CHIBAUNIVERSITETI vitsa-Prezidenti Dr. MICHIKO TAKAGAKI va Tuproq fanlari laboratoriyasi professori, q/x.f.d. MIWA YASHIMA tashrif buyurdi.
Mehmonlarni institut rektorı Berdiyar Jollibekov, Ilimiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor A.K.Alimov va Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i E.A.Abdullaevlar kutib oldi.
Uchrashuvda, Berdiyar Jollibekov institut haqida toliq ma’lumot berib, yangidan ochilayotgan laboratoriyalar, olib borilayotgan ilm-fan izlanishdagi yo’nalishlar, xorijdagi yuqori o’quv yurtlari bilan aloqalar, shuningdek, Chiba universiteti bilan olib borilayotgan ishlar va kelajakdagi rejalar bilan o’rtoqlashdi. CHIBA universiteti vitsa.Prezidenti Dr. MICHIKO TAKAGAKI CHIBA UNIVERSITETI haqida ma’lumot berib, CHIBA UNIVERSITETI dunyo miqyosidagi reytingda TOP-300 universitetlar qatorida ekanligi, dunyo bo’yicha 18 davlatdan 1200 dan ortiq chet el talabalari ta’lim olib kelayotganligi, Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti bilan birgalikda ishlashdan ma’mnun ekanligini bildirdi. Bundan so’ ng 2016 -yilda tuzilgan birgalikda ishlashish shartnomasini yangidan tuzish bo’yicha fikrlar almashildi va yangi shartnomalarga qo’l qo’yildi.

    Yangidan tuzilgan shartnomaga ko’ra, Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutiga tajriba almashuv, akademik harakatchanglik dasturi bo’yicha CHIBA UNIVERSITETIning bitta talabasi 6 oyga o’qishga keldi. Shuning bilan, joriy yilning oktyabr oyida Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutidan 2 talabamiz CHIBA UNIVERSITETIga MAGISTRATURA bosqichida o’qishini davom ettirish imkoniyatini qo’lga kiritti.
   Ma’lumot uchun, Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutida chet tillarini rivojlantirish va talabalarda, professor -o’qituvchilarda til bilishlik sertifikatlarini ko’paytirish, shuningdek, chet el grantlarini yutib oluvchilar sonini ko’paytirish yapon, ingliz va rus tillarini o’rgatish uchun talabalar va professor -o’qituvchilarga atab tayyorgarlik kurslari tashkillashtirish haqida ham aytib o’tildi.