Rasman: My.gov.uz portali orqali bugundan onlayn ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

My.gov.uz portali orqali abituriyentlarni OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

(https://my.gov.uz/uz/service/259)Qanday tartibda:

Abituriyent telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazib, pasport ma’lumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlarini kiritadi.

✔️ Imtiyozi mavjudlar ularni tekshirib, chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikati borlar bu haqdagi ma’lumotlarni yuklashsa kifoya.

❗️Eslatma
Ta’lim yo‘nalishini yangi o‘quv yili uchun qabul parametrlarining ta’lim tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlanganidan so‘nggina tanlash mumkin bo‘ladi.

✅Ro‘yxatga olish 20-iyulga qadar davom etadi. Shu kungacha ma’lumotlarni tahrirlash mumkin.

Testga nimalar olib kirish mumkin?

✅ shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
✅ abituriyent ruxsatnomasi;
✅ kepka yoki panama;
✅ oddiy qoʻl soati (elektron smart-soat mumkin emas);
✅ optik koʻzoynak (boshqa koʻzoynaklar mumkin emas);
✅ pul;
✅ dastroʻmol;
✅ kalit.

Quyidagilar mumkin emas:

❌ telefon yoki boshqa elektron qurilmalar;
❌ shpargalka, kalkulyator; va h.k.
❌ ruchka (ichkarida beriladi);
❌ suv (ichkarida beriladi);
❌ qoralama qogʻoz (ichkarida beriladi);
❌ Mendeleyev yoki fizik kattaliklar jadvali (ichkarida beriladi);
❌ mashina pulti (kirish postida)

TEST SINOVIGA ONLAYN RO’YXATDAN O’TISH

Abituriyentlar 5 tagacha yo’nalish tanlashi mumkin.

Joriy yildan boshlab bir paytning o’zida bir nechta ta’lim shakllarini (kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy) tanlasa bo’ladi.

 Hujjatlarni 2 xil usul bilan topshirish mumkin:

1) Davlat test markazining http://my.dtm.uz sayti orqali;

 Ro‘yxatdan o‘tishda kerak bo‘ladigan hujjatlar:

✅ pasport;
✅ diplom yo attestat;
✅ til bilishi sertifikati; (agar mavjud boʻlsa)
✅ imtiyozi mavjud bo‘lganda, imtiyozni tasdiqlovchi hujjatlar.
✅ toʻlov summasi

? Joriy yil bitiruvchilari uchun:

✅ pasport;
✅ bitiruv attestati yo diplom;
✅ til bilishi sertifikati; (agar mavjud boʻlsa)
✅ imtiyozi mavjud bo‘lganda, imtiyozni tasdiqlovchi hujjatlar.

Malumotlar