Fakultet dekani: Aytimov Islambek
Теlefon: +99861-229-26-95
E-mail: islambek7@mail.ru

 

 

«Agrobiologiya va o‘simliklarni himoya qilish» fakulteti tariyxi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-iyundagi 269-sonli qarori bilan Qoraqalpoq davlat universitetining agrar fakulteti asosida Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali tashkil etilib, uning tarkibida Agronomiya fakulteti o‘z faoliyatini boshlagan. 2003-2004 yillarda fakultet dekani lavozimida qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, docent Allamurat Xojasov ishlagan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-sentyabrdagi «Respublika qishloq va suv xo‘jaligi uchun yoqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 415-sonli qaroriga muvofiq filialning yangi strukturasi tasdiqlanib, struktura boyicha «Agronomiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish» fakulteti bo‘lib tashkil qilindi, 2004-2010-yillarda fakultet dekani lavozimida texnika fanlari nomzodi Sadulla Aminov, 2010-2015- yillarda biologiya fanlari nomzodi, docent Absattarov Nietbay Allambergenovich ishlagan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-noyabrdagi «Qishloq va suv xojaligi sohalarini oliy ma’lumotli yoqori malakali kadrlar bilan ta’minlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 311-sonli qaroriga asoslanib tasdiqlangan filialning yangi strukturasi boyicha «Agronomiya va xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish» fakulteti «Agronomiya» va «Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish» fakultetlari qayta tashkil qilindi. 2015-2018-yillarda fakultetni Allamurat Xojasov boshqargan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yili 8-maydagi «Toshkent davlat agrar universitetida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3704-sonli qarorining 1b ilovasiga muvofiq filialning yangi strukturasi bo‘yicha «Agronomiya» fakulteti «Agrobiologiya» fakulteti bo‘lib o‘zgartirildi. 2018-2022-yillarda fakultet dekani lavozimida qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, docent Utepbergenov Adilbay Reymbaevich ishlagan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi «Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 275-sonli qaroriga muvofiq filial negizida institut tashkil qilindi va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021-yil 25-iyundagi «Vazirlik tarkibidagi oliy ta‘lim muassasalarining Ustavi va strukturasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 144-sonli buyrug‘i bilan yangi institut strukturasi tasdiqqlandi va ushbu struktura bo‘yicha «Agrobiologiya» fakulteti «Agrobiologiya va o‘simliklarni himoya qilish» fakulteti bo‘lib o‘zgartirildi.

2022-yildan hozirgacha fakultet dekani lavozimida qishloq xo‘jalik fanlari bo‘yicha falsafa doktori, docent Alisher Sayimbetov fakultetini boshqarib kelmoqda.

 Fakultet tarkibidagi kafedralar

  1. Dehqonchilik, qishloq xo‘jaligi ekinlari selektsiyasi va urug‘chiligi
  2. O‘simliklar himoyasi va karantini
  3. Agrokimyo va tuproqshunoslik
  4. Axborot texnologiyalari, matematika, fizika va kimyo

 Fakultet tarkibidagi bakalavriat ta‘lim yo‘nalishlari

1) 60810900 (5410200) – Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha)

2) 60811200 (5410400) – Qishloq xo‘jaligi ekinlari selektsiyasi va urug‘chiligi (ekin turlari bo‘yicha)

3) 60810700 (5410100) – Agrokimyo va agrotuproqshunoslik

4) 60811000 (5410300) – O‘simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo‘yicha)

5) 60610200 – Axborot tizimlari va texnologiyalari (qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalar)

Tegishli magistratura mutaxassisliklari

1) 70810702 – Agrokimyo

2) 70810900 – Agronomiya

3) 70810902 – O‘simlikshilik (solichilik)

4) 70810903 – Organik dehqonchilik va oziq-ovqat xavfsizligi

5) 70811001 – O‘simliklarni himoya qilish (usullar bo‘yicha)

6) 70811004 – O‘simliklarni himoya qilishda monitoring va bashorat

7) 70811101 – O‘simliklar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari karantini

8) 70811201 – Selektsiya va urug‘chilik (ekinlar guruhlari bo‘yicha)

 Tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) mutaxassisliklari

1) 06.01.01 – Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik

2) 06.01.04 – Agroximiya

3) 06.01.05 – Selektsiya va urug‘chilik

4) 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish

Fakultetning oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorligi bo‘yicha aloqalari

Fakultetda bilim-ilm-ishlab chiqarish integratsiyasini ta‘minlash va hamkorlik qilish maqsadida oliy ta’lim  muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik aloqalari amalga oshirilgan. Ulardan, Toshkent davlat agrar universiteti, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsiyalar instituti, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Rossiya davlat agrar universiteti, Rossiya Fanlar Akademiyasi Suv muammolari instituti, Qozog‘istonning Taraz innovatsion gumanitar universiteti, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirligi, Paxta selektsiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, Genetika va eksperimental biologiya ilmiy-tadqiqot instituti, O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti, Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti, Don va soli ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, Qoraqalpog‘iston urug‘chilik markazi, O‘zR Prezidenti huzurudagi xalqaro Orol bo‘yida innovatsiya markazi, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining Tabiiy fanlar ilmiy-instituti, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Agrokimyo tahlil markazi, Tumanlar hokimiyatining Qishloq va suv xojaligi bo‘limlari hamda klasterlar bilan hamkorlikda birga ishlab kelmoqda.