Kafedra mudiri: Eshmuratov Elbrus Gʻaybullaevich
Telefon: +99897 508-51-03
E-mail: elbrus0484@mail.ru

 

«Oʻrmonchilik va dorivor oʻsimliklar» kafedrasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4-maydagi «Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 275-sonli qarori va Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialining 2021 yil 2-iyuldagi «Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti strukturasini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi №01-12-12/119 sonli buyrugʻiga binoan «Oʻsimlikshunoslik, oʻrmonchilik va dorivor oʻsimliklar» kafedrasi asosida tashkil etilib, mazkur kafedrani qishloq xoʻjaligi fanlari falsafa doktori Eshmuratov Elbrus Gʻaybullaevich boshqarib kelmoqda.

Shu kunga qadar: 238-sonli boʻyruq asosida Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialining «Oʻsimlikshunoslik va oʻrmonchilik» kafedrasi 2015 yilning 4-choragida tuzilgan va 2016 yil 2-yanvardan boshlab oʻz faoliyatini boshlagan. Kafedra mudiri sifatida qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi D.Madreymova ish olib borib, u ilmiy faoliyatini amalga oshirish maqsadida doktoranturaga qabul qilingach, 2018 yilning yanvaridan boshlab kafedra mudiri lavozimida docent G.Sabirov faoliyat yurgizdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8-may №PQ-3704 «Toshkent davlat agrar universitetida oliy ma’lumoti kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori boʻyicha universitet va filiallari strukturalari oʻzgarishiga bogʻliq, 2018 yil 2-iyulda «Oʻsimlikshunoslik, oʻrmonchilik va dorivor oʻsimliklar» kafedrasi tashkil etilib, kafedra mudiri lavozimida biologiya fanlari nomzodi Matjanova Xolida Kazakbaevna ishlagan.

Bugungi kunda «Oʻrmonchilik va dorivor oʻsimliklar» kafedrasida 2 ta ta’lim yoʻnalishi va 1 ta magistratura mutaxassisligi mavjud boʻlib, ushbu ta’lim yoʻnalishlari talabalari va magistrlarga 25 ta (ichki va tashqi) professor-oʻqituvchilar, shundan: 2 ta professor (B.Jollibekov, S.Togashi), 6 ta docent (T.Otenov, T.Oserbaeva, G.Sabirov, X.Matjanova, G.Utemuratova, G.Abdiniyazova), 5 ta fan nomzodi va falsafa doktorlari (P.Toreshov, E.Eshmuratov, I.Aytimov, N.Tajetdinov, A.Jangabaeva) hamda 12 ta assistentlar (M.Sabirova, B.Dauletmuratova, I.Abdimuxammedalieva, J.Baltaniyazov, N.Kamalova, Sh.Sabirova, N.Janabaev, O.Utambetov, J.Oteuliev, Q.Tanirbergenov, G.Turimbetova, B.Yusupovlar) ta’lim-tarbiya berib kelishmoqda. Kafedra ilmiy salohiyati 52%.

Kafedra ilmiy salohiyatini koʻtarish samarali yoʻlga qoʻyilgan. Xususan, qishloq xoʻjaligi fanlari falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun kafedra assistenti I.A.Aytimov 06.01.09 – Oʻsimliklarni himoya qilish ixtisosligi boʻyicha «Qoraqalpogʻiston agrobiocenozi oʻrmonzorlari zararkunandalariga qarshi kurash choralarining ilmiy asoslari» mavzusidagi (2022 y.) hamda assistent N.D.Tajetdinov 06.01.08 – Oʻsimlikshunoslik ixtisosligi boʻyicha «Orol boʻyi oʻtloqi-allyuvial tuproqlarida silliq shirinmiyani (Glycyrrhiza glabra L.) urugʻidan etishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish» mavzusidagi ilmiy ishini tugallab muvaffaqiyatli himoya qildi (2022 y.).

Ilm-fan va ishlab chiqarish integracion hamkorligini yoʻlga qoʻyish maqsadida kafedrada innovacion guruh ish olib bormoqda. Jumladan:

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Oral boʻyi Xalqaro innovaciya markazi, OʻzR FA QQ boʻlimi Tabiat fanlari ilmiy-tadqiqot instituti «Ekologiya» laboratoriyasi hamda «Botanika bogʻi», Don va sholi, ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, Qoraqalpogʻiston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻrmon hoʻjaligi qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmonchilik ilmiy-tadqiqot instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti, Qoraqalpoqyoʻlkoʻkalam unitar korxonasi bilan shartnomalar tuzilgan va hamkorlikda oʻquv va ilmiy-tadqiqot olib borilmoqda.

Ta’lim:

Bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari:

  1. 5410800 – Oʻrmonchilik (kunduzgi va sirtqi)
  2. 60820100 – Oʻrmonchilik (kunduzgi va sirtqi)
  3. 5411100 – Dorivor oʻsimliklarni etishtirish va qayta ishlash texnologiyasi (kunduzgi va sirtqi)
  4. 60812100 – Dorivor oʻsimliklarni etishtirish va qayta ishlash texnologiyasi (kunduzgi va sirtqi)

Magistratura mutaxassisligi:

  1. 5A410202 – Oʻsimlikshunoslik (ekinlar guruhlari boʻyicha)
  2. 70810902 – Oʻsimlikshunoslik (ekinlar guruhlari boʻyicha)

Xorijiy oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorlik

  1. «Taraz innovacion-gumanitar universiteti»
  2. Yaponiyaning Chiba universiteti

Professor-oʻqituvchilar tarkibi: 25

  • Fan doktori: 2
  • Fan nomzodi (PhD): 11
  • Assistentlar: 12