Filialimizda asal arichilik bo’yicha olib borilayotgan ishlar

         Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialida 2020-2021-o’quv yilidan boshlab asal arilarni parvarishlash va asal etishtirish ishlari olib borilmoqda. Filialimizning «Baliqchilik va ipakchilik» fakulьtetining «Veterinariya va zooinjeneriya» kafedrasida «Asal arichilik» to’garagi o’z ish faoliyatini olib bormoqda va tugarakga 1-2-bosqich talabalari orasidan faol talaba va asal arichilikga qiziquvchi talabalar jalb etilgan. Hozirgi vaqtda filialimizga to’garak doirasida asal arilarning İtalyan va Karpat turlari olib kelingan va filialimiz professor-o’qituvchilari tugarak a`zolariga asal arichilik bo’yicha amaliy bilimlar bilan birgalikda ularning bilimlarini  amaliyot orqali tajribalar olib borishi uchun imkoniyatlar yaratilgan. Bundan tashqari, asal arichilik bo’yicha ilmiy izlanishlar bilan shug’ullanilayotgan doktorant, magistr va talabalarga asal arichilikdan filialimizdagi gullarni va qishloq xo’jaligi ekinlarining hosildorligini oshirish bo’yicha ilmiy ishlar olib borilmoqda.