Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali         2021-2022 yangi o’quv yilida Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti sifatida o’z faoliyatini boshlamoqda

   O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 maydagi 275-son qarori asosida Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali negizida Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutiga o’zgartirilib 2021 yilning 6 sentyabrь kuni o’z faoliyatini boshladi.

Jumladan, yangi 2021-2022 o’quv yili munosabati bilan institut rahbariyati tomonidan tantanali tadbir tashkil qilindi. Tadbirda nutq so’zlovchilar O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yillik bayrami bilan yig’ilganlarni tabrikladi va institutga shu yil o’qishga qabul qilingan  talabalarni talabalik oltin davri bilan chin qalbdan tabriklab, ularga yurtimizda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar to’g’risida aytib o’tdi. Kelajakda ilmiy izlanishlar olib borishga, fan olimpiadasi g’oliblari, nomdor stipendiya sohiblari bo’lishlari uchun bugundan harakat qilib borish kerakligi xususida tushintirdi. Bundan tashqari, birinchi kurs talabalarini tabriklash barobarida institut faoliyati to’g’risida ma`lumotlar berildi.

Shuningdek, institutga birinchi kursga qabul qilingan talabalar bilan bir hafta davomida o’z ta`lim yo’nalishlari bo’yicha bilim olish uchun yaratilgan imkaniyatlari bilan tanishish ishlari boshlab yuborildi.