Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti kichik majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Qodirov Alisher Keldievichning saylov oldi dasturini talaba yoshlar o’rtasida targ’ib qilish, shuningdek, birinchi marta saylovlarga ishtirok etayotgan yoshlarga saylov qonunchiligi bo’yicha tushunchalar berishga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirga Milliy Tiklanish Demokratik Partiyasi Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi Ijro Qo’mitasi raisi, Qoraqalpog’iston Respublikasiga mehnati singan yurist, yuridika fanlari nomzodi X.Qabulov, O’zbekiston Milliy Tiklanish Demokratik partiyası Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi Ijro Qo’mitasi apparati etakchi mutaxassisi Nurbek Esemuratov, partiya faollari va  institut talaba yoshlari ishtirok etdi. Tadbirni institutning «Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat» bo’limi boshlig’i M.Tlegenov ochdi va boshqarib bordi. Tadbirda ishtirok etgan mehmonlar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Qodirov Alisher Keldievichning saylov oldi dasturining mazmun-mohiyati to’g’risida keng tushunchalar berildi. O’z navbatida talaba yoshlar tadbirdan olgan taasurotlari va Prezident sayloviga faol ishtirok etish bo’yicha o’z fikr va tavsiyalarini berishdi.