Blim boshligʻi: Xamidov Nurmuxammad Muxtarovich

Qabul vaqti: Har kuni

Telefon: +99891-391-48-44,

E-mail: nurmuhammad.tsaunb@mail.ru

Boʻlim tarixi

  Mamlakatimizda 1997-yil 29-avgustda ta’lim sohasida dunyo standartlari darajasiga ko’tarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. Ushbu hujjatlarga muvofiq 1999-yildan boshlab yurtimizning bir qator ilgʻor oliy oʻquv yurtlarida ta’lim berishning ikkinchi bosqichi magistratura mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyildi.

  Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-iyundagi 269-sonli qaroriga muvofiq Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining Agrar fakulteti bazasida Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali tashkil etildi va shu oʻquv yilidan boshlab “Magistratura boʻlimi” oʻz ish faoliyatini boshladi va boʻlimga t.f.n., dots. B.K.Utepbergenov 2004-yilgacha rahbarlik qildi. 2004-2006-yillari t.f.n., dots. R.O.Sadikov, 2006-2008-yillari t.f.n., dots. N.Saparniyazov rahbarlik qildi. 2008-2016-yillari oraligʻida magistratura mutaxassisliklari fakultet dekanatlariga biriktirildi.

  Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-noyabr 311-sonli “Qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlarini oliy ma’lumotli yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq magistratura boʻlimi qayta tashkil etildi va boʻlimga t.f.n., dots. B.K.Utepbergenov 2019-yilgacha rahbarlik qildi. 2019-2021-yillari q.x.f.f.d. (PhD) E.Eshmuratov rahbarlik qildi.

  Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi “Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 275-sonli qaroriga muvofiq Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali bazasida tashkil etildi va shu yildan boshlab boʻlimga t.f.n., dots. B.K.Utepbergenov 2022-yilga qadar rahbarlik etdi. 2022-yil i.f.n., dots. M.Abishov, 2023-yil q.x.f.d. (PhD), dots. X.Bekbaev rahbarlik qildi.

2023-jıl 18-noyabrdan boshlab “Magistratura boʻlimi” boshligʻi lavozimida texnika fanlari doktori, dotsent v.b. Xamidov Nurmuxammad Muxtarovich ishlab kelmoqda.

Hozirgi vaqtda magistratura boʻlimi

70810101 – Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish (tarmoqlar boʻyicha)

70812306 – Suv tejamkor sugʻorish texnologiyalari

70810601 – Yer resurslaridan foydalanish va boshqarish

70412401 – Agrobiznes va investitsion faoliyat

70411302 – Biznesni boshqarish (Master of Business Administration – MBA)

70411201 – Menejment (klasterlarni boshqarish)

70811505 – Naslchilik

70811501 – Parrandachilik

70811701 – Ipakchilik

70710402 – Ekologiya (qishloq xoʻjaligida)

70810901 – Agronomiya

70810702 – Agrokimyo

70811001 – Oʻsimliklarni himoya qilish (usullari boʻyicha)

70811201 – Selektsiya va urugʻchilik (ekinlar turlari boʻyicha)

70810902 – Oʻsimlikshunoslik (ekinlar turlari boʻyicha)

70811301 – Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari boʻyicha)

70812101 – Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish jetistiriw texnologiyası

70811901 – Sabzavotchilik va polizchilik

mutaxassisliklari boʻyicha magistrantlarga oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash boʻyicha bilim berilmoqda.

   Boʻlimning maqsadi: Institutda Kadrlar tayyorlash milliy modeli vazifalariga muvofiq mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi tendetsiyalaridan kelib chiqqan holda tegishli mutaxassislik boʻyicha kasbiy, huquqiy, pedagogik va psixologik bilimlarni chuqur oʻzlashtirgan jamiyat, davlat va oila oldida ma’suliyatni tushunadigan yuqori malakali magistr mutaxassisliklarni tayyorlashini tashkil etishdan iborat.