AQShning USAID tashkilotining agrobiznesni rivojlantirish loyixasi, Germaniyaning  GIZ tashkiloti va Panaev Farms korxonalari mutaxassislari ishtirokida 2021 yilning 1-2 noyabr kunlari oralig’ida institutda seminar bo’lib o’tdi. Seminarda USAID tashkilotining agrobiznesni rivojlantirish dasturi koordinatori U.Sayfudinov, GIZ tashkilotining Qoraqalpog’istondagi koordinatori A.Qurbanov va Panaev Farms korxonasi rahbari T.Panaevlar kelib, institutning Veterenariya va Zootexniya mutaxassisligi professor o’qituvchilari va talaba yoshlarga charvochilik xo’jaliklarini boshqaruvning zamonaviy texnologiyalari va bu sohada kelgusida rejalashtirilgan ishlari to’g’risida to’liq ma’lumot berdi. Shuningdek, 2-noyabr kuni mehmonlar bilan birgalikta, institut professor o’qituvchilari, talaba yoshlari, Panaev Farms korxonasining Qorao’zak tumanidagi fermasiga borib, u erdagi charvochilik xo’jaliklarini boshqarishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish bo’yicha eng ilg’or tajribalari va fermaga chet davlatlardan olib kelingan zotdor qora mollar, qo’ylar, echki va quyanlarning turlari bilan tanishdi.