Global Yoshlar Forumi

2021 yilning 25 sentyabr kuni Yaponiyaning OISCA tashkiloti tomonidan «Biologik xilma-xillik va atrof-muhitni muhofaza qilish» mavzusida 2021 OISCA Global Yoshlar Forumi nutq tanlovi o’tkazildi. Tanlovga dunyoning 15ga yaqin rivojlangan mamlakatlaridan  ishtirokchilar o’zlarining har xil nutqlari bilan ishtirok etdi. Forumda Tayland, Filippin, Yaponiya, Indiya, Indoneziya, Gonkong, O’zbekiston va boshqa davlatlardan 40ga yaqin  ishtirokshilar qatnashdi.

2021 OISCA Global Yoshlar Forumida Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutining Xalqaro aloqalar bo’limi xodimi Timur Buranbaev 20-30 yoshlilar kategoriyasida O’zbekiston vakili sifatida ishtirok etdi va forumda o’z yosh toifasida 1-o’rinni qo’lga kiritdi. Forum yakunida g’oliblarga tashkilotchilar tomonidan sertifikatlar va boshqa sovg’alar bilan taqdirlandi.