Giyohvandlik va OITS kasalligiga qarshi kurashaylik

Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutida   «Yoshlar o’rtasida giyohvandlik moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish» mavzusida uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvni Yoshlar masalalari va ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo’yicha prorektor N.Absattarov ochdi va olib bordi. U o’z so’zida giyohvandlikning og’ir oqibatlari, shuningdek, respublikamiz xududida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida olib borilayotgan   chora-tadbirlar, respublikamiz xududida har yili fevral oyida o’tkaziladigan profilaktika natijalari to’g’risida keng ravishda ma’lumotlar berdi. Bundan so’ng O’zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi bo’lim boshlig’i A.Matlyubov, O’zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi xodimi F.Azgarov,  Allohberdi Aziz masjidi imomi A.Xojasov, QR OITSga qarshi kurash markazi xodimi G.Kaipova, Respublika narkologiya dispanseri xodimi M.Eshmuradovlar so’zga chiqib, yoshlar o’rtasida giyohvandlikning oldini olish va unga qarshi kurashish, OITS kasalligining og’ir oqibatlari bo’yicha batafsil ma’lumotlar berib o’tdi.  Shuningdek, ayrim yoshlarimizning giyohvandlik moddalar bilan bog’liq jinoyatlar sodir etayotganligi to’g’risida aytib, bu kabi salbiy oqibatlarga qarshi barcha birgalikta kurashish lozimligi ta’kidlab o’tildi. Uchrashuv yakunida institut Tyutorlari va ZOOM platforması orqali ishtirok etgan talabalar o’zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.