2022-yilning 9-iyun kuni Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida AQSh ning USAID tashkilotining agrobiznesni rivojlantirish loyihasi doirasida tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbir “Agrofirma Chempion invitro laboratoriyasiga mutaxasislarni tanlab olish” maqsadida tashkillashtirildi.

 Tadbirda USAID tashkilotining Agrobiznesni rivojlantirish loyihasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati kordinatorı Sayfuddinov Umid va Qurbanov Baxtiyar, Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan Agrofirma Chempion invitro laboratoriyasi vakillari, Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus davlat pedagogik instituti talabalari, magistrantlar va doktorantlar ishtirok etishdi.

 Tadbir davomida USAID tashkilotining Agrobiznesti rivojlantirish loyihasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati kordinatorı Soyfuddinov Umid USAID tashkilotining agrobiznesni rivojlantirish loyihasining aholi bandligini taminlashda qoʻshayotgan hissasi va yosh mutaxasislarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida aytib oʻtdi. Agrofirma Chempion invitro laboratoriyasi mutaxasissi Erjanova Aynura laboratoriya sharoitlari, ko’paytirilayotgan oʻsimliklar va laboratoriyaga ishga joylashish imkoniyatlari haqida to’liq ma’lumot berdi. Tadbir yakunida ishtrokchilar oʻz ora fikr almashdi va oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.