RIVOJLANIShNING ASOSI – SIFATLI TA’LIM

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev  2023 yilga davlatimizga “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nom berishi elimizda har bir inson e’tibordan chetda qolmasligini, ularning muammolarini o’rganishga qaratilganligini, bugungi kunda yurtimizning rivojlanishiga, maktab,  kasb-hunar kolledj va texnikumlar, oliy ta’lim muassasalarida sifatli ta’lim berishning sifatini oshirishda alohida o’rin tutadi.

Sababi elimizda yashayotgan har bir insonning tinch, baxtli turmush kechirishi, uning salomatligini mustahkamlashda, yaxshi bilim olishida, oilasining turmush sharoitini yaxshilashda imkoniyatlar yaratilib kelinmoqda. Shuningdek, Prezidentimiz o’z so’zida «Ta’lim sifatini oshirish Yangi O’zbekiston rivojlanishining yagona yo’li» ekanligini aytib o’tdi. Respublikamızda olib borilayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini ta’minlashni asosiy vazifa etib belgilangan. Bu siyosat hamisha davom etishini bildirdi.

Prezident o’z murojaatida 2023 yildagi eng asosiy sohalardan biri oliy ta’lim muassasalariga alohida tuxtab o’tdi. Yurtimizda oliy ta’lim muassasi soni 2,5 barobariga kupayib, 198 ga etdi, talabalarni oliy ta’lim muassasalariga qamtib olish 9 foizdan 38 foizga oshdi. Murojaatnomaning asosiy ma’ruzalari “ta’lim”, “maktab”, “xalq”, “tadbirkorlik”, “konstitutsiya”, “mahalla” va energetika so’zlari bo’ldi. Shu bilan birga olimlarimiz oldida suv va energiyani tejash, tuproq unumdorligi va hosildorlik, geologiya, sanoat, qurilish sohalarida natijalar ko’rsatish zarurligini aytib o’tdi.

Haqiqatdan ham son ko’paygan bilan sifat bo’lmasa, kelgusi bitiruvchilarimiz ish bilan ta’minlashda muammolar yuzaga keladi. Oliy ta’lim muassasalarida sifatli ta’limni yo’lga qo’yishda, professor-o’qituvchilarning ilmiy yutuqlarini oshirish, amaliyot bilan integratsiyanı yo’lga qo’yish, zamonaviy o’quv qo’llanmalar yaratish, chet el oliy ta’lim muassalalari bilan hamkorlikda bo’lish talab etiladi.

Yangi O’zbekiston uchun ta’lim sohasini rivojlantirishda Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutı professor-o’qituvchilari yoshlarga sifatli bilim berishda, «bilim, ilm, amaliyot» shiyori asosida ish qilishiga to’liq ishonaman.

Rısnazar Yusupov

Meva-sabzavotchilik, qishloq xo’jaligi maxsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyası fakulteti dekanı