Yaponiya bilan  hamkorlik aloqalari

Institutning xalqaro aloqalar  bo’limi tomonidan Yaponiyaning Tokiwa Phytochemical kompaniyasi prezidenti Jin Tatsuzaki (PH.D) bilan uchrashuv tashkillashtirildi.

Uchrashuvga Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektorı E. To’reniyazov, o’quv ishlari bo’yicha prorektor N. Absattarov, ilmiy ishlar va innovaciyalar bo’yicha prorektor B. B. Jollıbekov va Yaponiyaning Tokiwa Phytochemical kompaniyasi prezidenti Jin Tatsuzaki (PH.D) xalqaro aloqalar bo’limii mutaxassislari ishtirok etdi.

Tadbirda hamkorlidagi vazifalar, istiqboldagi rejalar bo’yicha fikr va mulohazalar bildirildi.

Yaponiyalik mutaxassis mazkur kompaniyaning tarixi va ishlab chiqaradigan mahsulotlari, shu jumladan, mahsulotlarning foydali tomonilari haqida keng turda ma’lumotlar berib o’tdi.

Uchrashuvda ta’kidlanganindek, mazkur kompaniya  faoliyat ko’rsatib kelayotganiga 74 yil bo’lgan bo’lib, hozirgi kunga qadar faqat qizil miya ildizini qayta ishlash bilan cheklanib qolmasdan, boshqa dorilik o’simliklar ekstraktlarini qayta ishlab chiqarib kelmoqda.

Bugungi uchrashuvdan asosiy maqsad, Qoraqalpog’iston Respublikasida ilmiy izlanishlar olib borish, sho’rlanishning oldin olish, hududni yashil hududga aylantirish bo’yicha ilmiy ishlarni amalga oshirish, masalan, tomirdan ekiladigan o’simliklarni ushbu hududga ekish ishlarini olib borishdan iborat.

Uchrashuv davomida tomonlarning asosiy vazifalari, rejalari tinglandi hamda hamkorlikda ishlash shartlari qo’llab -quvvatlandi va shartnomalar imzolandı.