“Inson huquqlari bilimdoni” mavzusida kvest oyini tashkil etildi.

2023-yil 6 dekabr kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi Axborot kutubxona markazida Inson huquqlari umumjahon deklaraciyasi qabul qilinganligining
75-yilligiga bag’ishlangan “Inson huquqlari bilimdoni” mavzusida kvest oyini tashkil etildi.

Kvset o‘yini Ulkashunoslik axborоtlar sektori boshlig’i G.Ablakimova olib bordi.Qoraqalpog’iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining Meva-sabzavotchilik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va ishlov berish texnalogiyasi fakulteti tyutori Z.Avezova va 2-kurs yurisprudenciya ta’lim yo‘nalishining «Nızam» va “ Huqıq” jamoalari ishtirok etdi va o‘zaro bellashdi.

Bellashuvni QR Axborot-kutubxona markazi ma’lumot bibliografiya xizmati boshlig’i G. Abbazova va Elektron resurslardan foydalanish zali sektori boshlig’I L.Pirnazarova baholab bordi. Bellashuvda Inson huquqlariga oid savollar berilib, javoblar olindi. Bellashuv yakunida 1 o‘rinni “Nızam” 2-o‘rinni “Huqıq” jamoalari egalladi va tashkilotchilar tomonidan sovg’alar bilan taqdirlandi.