Tadbirkorlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutining 3- va 4- bosqich talaba yoshlari birgalikda » YOSHLAR  TADBIRKORLIGINI QO’LLAB-QUVVATLASH VA AGROBIZNESNI RIVOJLANTIRISH » to’g’risida   tadbirkorlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvga Agroturizim bo’yicha ishbilarmon va biznes trenerlar A. Begjanova, Z. Kalieva, D. Jumashovalar kelib, qishloq xo’jaligi sohasida talaba yoshlarimizga kelajakda yakka óz bizneslarini yaratib, yaxshi daromad olish usullari haqida ma’lumotlar berdi. Dalalarimizda yetilishtirilgan ekinlarni xorijga eksport qilish, bozor iqtisodiyotidagi eng ahamiyatlı qoidalarga rioya qilish usullariga to’xtalib o’tdi. Bunday uchrashuvlar kelajagimiz bo’lgan yoshlarimizga, o’z kasbining malakali xodimi bo’lib yetilishida  yaxshi motivaciya bo’lishi aniq.

Tadbirkorlar bilan o’tkazilgan bunday uchrashuvni  tashkil etishda, institutnıng Marketing bólimi boshlig’i M. Berdimuratov va karyera markazi xodimi A. Ariqbaevalar yaqindan yordam berdi.