Sizga shuni ma’lum qilamizki, Estoniya Hayot Fanlari Universiteti (https://www.emu.ee/en/) bilan hamkorligimiz doirasida ERASMUS+ grantlari doirasida Estoniya Hayot Fanlari Universitetida ta`lim olish, o’qitish va tajriba olmashuv  uchun 2 ta joy ajratilgan:

1) Xodimlarining o‘qitish yoki malaka oshirish uchun harakatchanligi – 1 ta o‘rin.

2) Talabalarining ta`lim olish imkoniyati – 1 ta o`rin

Mobillik muddati: 

Xodimlar uchun 1 hafta: (5 kun (2 sayohat kunidan tashqari)).

Talabalar uchun 3 oy: (akademik mobillik)

AGAR SIZ QUYIDAGI TALABLARGA TO’LIQ MOS BO” LSANGIZ, ARIZAINGIZNI KUTAMIZ!

Muvofiqlik mezonlari:

  • Qoraqalpog`iston qishloq xo`jaligi  va agrotexnologiyalar institutida rasman ishlaydigan o`qituvchilar va  xodimlar (Xodimlar uchun);
  • Qoraqalpog`iston qishloq xo`jaligi  va agrotexnologiyalar institutida ta`lim olayotgan talabalar (Bachelor, Master, PhD);
  • Xorijiy tilni yetarli darajada bilish (ingliz tili);

 

Kerakli hujjatlar ro’yxati (Talabalar uchun):

  1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti (nusxasi);
  2. Euro pass shaklidagi CV (ingliz tilida);
  3. Chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (ingliz tili);
  4. Motivatsion xat (ingliz tilida, 1 betdan oshmasligi kerak);
  5. Kurs/ta`lim dasturi (3 oylik reja, ingliz tilida);
  6. Rekomendatsiya (2 institut xodimidan)
  7. O`qishini tastiqlaydigan hujjat (ma`lumotnoma)

 

Kerakli hujjatlar ro’yxat (Xodimlar uchun)i:

  1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti (nusxasi);
  2. Euro pass shaklidagi CV (ingliz tilida);
  3. Chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (ingliz tili);
  4. Motivatsion xat (ingliz tilida, 1 betdan oshmasligi kerak);
  5. Kurs/stajirovka dasturi (5 kunlik reja, 10-12 soat, ingliz tilida)
  6. Ishlaydiganini tasdiqlaydigan hujjat (ma`lumotnoma)
  • Motivatsion xat quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:
  1. Nomzod haqida qisqacha ma’lumot, tanlangan yo’nalish yoki ta`lim dasturi bo’yicha kasbiy yoki akademik tajriba, dasturda ishtirok etish maqsadi, dasturdan kutilayotgan natijalar haqida ma’lumot.
  2. Universitetni tanlash asosli bo’lishi kerak.
  • Ariza hujjatlari Xalqaro aloqalar bo’limiga qo’lda topshirilishi kerak.

Estoniya Hayot Fanlari Universiteti haqida ma`lumotni quyidagi web-sayttan olsangiz bo`ladi:

https://www.emu.ee/en/

MUDDAT: Hujjatlar 2024-yil 10-aprel soat 18:00 gacha qabul qilinadi.

Muloqot uchun: Loyihaning Institutdagi Koordinatori Baxitbay Paluanov

bpaluanov@gmail.com;

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor:  Alimov Atabek Kerimbergenovich

atabekalimov@tdaunukus.uz, (+99897) 220-36-17

Eslatma: Hujjatlarning asl nusxasi Institutning Xalqaro aloqalar bo’limida, asosiy binoning 3-qavatida qabul qilinadi.