Rossiya Federatsiyasining Janubiy-Ural davlat agrar universiteti bilan hamkorlik

Bugungi kunda oliy ta’lim sohasida ta’lim sifatini yaxshilash, xorijiy davlatlarning oliy oʻquv muassasalari bilan hamkorlik qilish, tajriba almashish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu borada Qoraqalpog’iston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti Rossiya Federatsiyasining bir qator oliy ta’lim muassasalari bilan shartnomalar tuzib,hamkorlik munosabatlari yanada mustahkamlanmoqda.Jumladan, Rossiya Federatsiyasining oliy ta’lim sohasidagi tajribasini oʻrganish maqsadida institutimizning Janubiy Ural davlat agrar universiteti bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilmoqda.

Institutimizda mazkur universitet rektori S.V.Cherepuxina va prorektori S.A.Chichilanova hamda institumiz rektori E.Toreniyazov, o’quv ishlari bo’yicha prorektori N.Absattarov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha B.Jollibekovlar ishtirokida uchrashuv o’tkazildi.

Onda bilimlendiriw t

Unda ta’lim sohasida hamkorlik o’rnatish, soha taraqqiyoti, shuningdek, etuk va malakali mutaxassislarni tayyorlashda amalga oshiriladigan ishlar xususida suhbat olib borildi va istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.

Uchrashuv yakunida ikki tomon hamkorlikda ishlashga kelishuv bildirdi hamda shartnomalar imzolandi.

Ma’lumot o’rnida aytib oʻtish joiz, hozirgi kunda institutimizning 3 ta talabasi mazkur o’quv muassasasida grant asosida magistratura bosqichida ta’lim olmoqda.

Uchrashuvdan so’ng mehmonlar institumiz haqida kengroq ma’lumotga ega bo’lish uchun institutda yaratilgan imkoniyatlar va erishilgan muvaffaqiyatlar bilan yaqindan tanishish maqsadida kafedralarda bo’ldi.

Dastlab institutining baliqchilik kafedrasida bo’lib, kafedra laboratoriyasida etishtirilayotgan baliq turlari bilan tanishdi.

Talabalar ta’lim olish uchun yaratilgan sharoitlarini oʻrgandi hamda professor-o’qituvchilar bilan suhbatlashdi.

Undan so’ng mehmonlar institut bo’ylab sayohatini davom etib, ipakchilik va tutchilik kafedrasida O’zbekistonda yaratilgan Xitoy, Yaponiya, Evropa davlatlari, Gruziya, Azerbayjan va Rossiyadan keltirilgan tut ipak qurti kollektsiyasidan olib kelingan rangli ipak qurtlarining ipak o’rab boshlagan davri bilan tanishdi hamda talabalar bilan rangli ipak qurtining afzalliklari, ulardan ilmiy ishlarda foydalanish, shuningdek, mazkur kafedrada ilmiy ishlar olib borayotgan Yaponiya qishloq xo’jaligi universiteti professori IIKUBO Makoto hamda talabalar bilan suhbatlashdi.

Mehmonlar bundan boshqa kafedralarning dars oʻtish metodlari va laboratoriya analiz ishlari bilan tanishdi hamda issiqxonada etishtirilayotgan ekinlarni borib koʻrdi.

Xulosa qilib aytganda, ikki o’quv muassasasi o’rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi xalqaro aloqalarni yanada mustahkamlash, sohaning rivojlanishi, shuningdek, etuk va malakali mutaxassislar tayyorlashga zamin yaratadi. Zero, tajriyba almashish ta’lim sifatini yanada yaxshilashning bir ko’rinishidir.

Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti Axborot xizmati