Qoraqalpoǵiston qishloq xójaligi va agrotexnologiyalar institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bóyicha prorektori B.Jollibekovning 2023-yil 31-iyul 7-avgust kunlari Yaponiya davlatiga tashrifi doirasida bir qator hamkorlikdagi natijalarga erishildi.

     2-avgust sanasida Yaponiyanig Maizuru shahar hokimi Kamoda Akitsu, Maizuru shahar hokimligi Sanoatlashtirish departamenti rahbari Kojima Hiroshi, Maizuru shahar hokimligi Sanoatlashtirish boʻlimi rahbari Yamamoto Hitoshi, Maizuru shahar Xalqaro aloqalar boʻlimi hodimi Ahmedov Asilbek, Tokyo qishloq xoʻjaligi va texnologiyalar universiteti professori Kawabata Yoshikolar bilan Maizuru shahrida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida hamkorlikda choy yetishtirish masalalari muhokama qilindi. Maizuru shahrida choy yetishtirish juda yuqori darajada yoʻlga qoʻyilganligi hamda ushbu choy navlarini Oʻzbekistonda yetishtirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar va tajribalar atroflicha muhokama qilindi hamda kelajakda hamkorlik qilishni kengaytirish, Qoraqalpoǵiston qishloq xójaligi va agrotexnologiyalar instituti professor-oʻqituvchilarini Maizuru shahridagi universitetlarda malaka oshirishi va dars berishi boʻyicha bir qator masalalar boyicha fikr almashinildi. Shundan so‘ng Maizuru shahridagi choy plantatsiyasiga tashrif buyurildi. Tashrif davomida Maizuru shaxrida choy yetishtirish juda keng yoʻlga qoʻyilganligi va yuqori texnologiyalar asosida ishlab chiqariladigan dunyoga mashhur va sifatli choy yetishtirish va ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishildi.

Choy etishtirilayotgan maydonlarda asosan 5 xil nav ekilishi, 60 yillik kochatlar va yangi ekilgan 4 oylik kochatlarni o’stirish agrotexnoligalari bilan mutaxassislar bilan suhbatlashildi. Tashrifning keyingi kuni 3-avgust sanasida Tokyo qishloq xojaligi va texnologiyalar universitetiga tashrif buyurildi hamda u erda tahsil olayotgan, malaka oshirayotgan Qoraqalpoǵiston qishloq xójaligi va agrotexnologiyalar institutining yosh olimlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Jumladan, ma’lumot o’rnida Toshkent davlat agrar universiteti Dorivor oʻsimliklar introduktsiyasi, etishtirish texnologiyasi va agrofarmekologiyasi tayanch doktoranti Aqseytov Janbolat 2023-yil 15-martdan buyon Yaponiya davlati Ayakava shahrida joylashgan OISCA tashkilotida malaka oshiryapti. Dorivor va ziravor oʻsimliklarni yetishtirish, saqlash va qayta ishlash bo‘yicha nazariy bilimlarini amaliyotda sinab chet el tajribalari bilan tanishyapti.

         Hamda 2020-yilning boshida Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (JDS) oziq ovqat havfsizligini taʼminlash maqsadida “Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari-2020” (Agri-net 2020) grant dasturida Toshkent davlat agrar universiteti Agrobilologiya fakulteti Dehqonchilik va melioratsiya kafedrasi assistenti Nizamov Sherzod “Suv tanqisligi sharoitida AquaCrop modelini o‘rganish” mavzusi bilan ishtirok etib tanlovning mutloq g‘olibiga aylandi va Tokyo qishloq xoʻjaligi va texnologiya universitetining doktorantura bosqichida grant asosida 3 yil tahsil olib, PhD dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. So’ng 4-avgust kuni B.Jollibekov Tokyo qishloq xoʻjaligi va texnologiyalar universiteti dekani Professor Dr. Ryo FUNADA bilan uchrashuv boʻlib oʻtkazdi. Uchrashuv jarayonida universitet dekani O’zbekistondan kelib tahsil olayotgan va yuqori darajada PhD va magistrlik dissertasiyalarini himoya qilgan yosh olimlar to’grisida yaxshi fikrlar bildirdi. Universitetlar o’rtasida ikki tomonlama hamkorlik va qoʻshma taʻlim dasturlarini ochish, professor-oʻqituvchilar va doktorantlar almashinuvi boʻyicha bir qator masalalar koʻrib chiqildi hamda kerakli xujjatlar imzolanishi kelishib olindi. Fakultet dekani bilan uchrashuvdan soʻng Tokyo qishloq xoʻjaligi va texnologiyalar universiteti tajriba xoʻjaligi va unda olib borilayotgan ilmiy tajribalar bilan tanishildi.

Xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan bunday amaliy ishlar institut talaba yoshlarining chet el tajribalarida tahsil olishiga hamda institut nufuzini oshishiga xizmat qilmoqda.