Fakultet dekani

Sultanov Elimbet Kalimbetovich

Telefon: +99891-390-20-09,

E-mail: sultanovelimbet@gmail.com

Fakul`tet tarixi

    Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.07.2003-yildagi №269-sonli Qaroriga muvofiq Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining Agrar fakulteti bazasida ochildi va shu yildan boshlab «Agroinjeneriya» fakulteti o`z faoliyatini boshladi.

   «Agroinjeneriya» va «Zootexniya» fakultetlari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.11.2015-yildagi «Qishloq va suv xo`jaligi sohalarini oliy ma`lumotli kadrlar bilan ta`minlashni yanada takomillashtirish chora tadbirlari haqida» gi №311-sonli qaroriga muvofiq 2018-yil avgust oyigacha faoliyatini olib bordi.

    O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi «Toshkent davlat agrar universitetida oliy ma`lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari» to`g`risidagi PQ-3704 sonli qaroriga muvofiq, oldingi «Agroinjeneriya» va «Zootexniya» fakultetlari bazasida 2018 yil avgust oyidan «Agroinjeneriya va zootexniya» fakulteti o’z faoliyatini olib bormoqda.

     Hozirgi vaqtda faku’ltetda 5430100-Qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalashtirish,  5450200-Suv xo`jaligi va melioraciya, 5450400-Gidrotexnika inshootlari va nasos stantsiyalaridan foydalanish, 5410700-Yer tuzish va yer kadastri bakalavr ta’li’m yo`nalishlari bo`yicha talabalarga va o`quv-metodik, ilmiy-tadqiqot, ta`lim-tarbiya sohalarida ta`lim  berilmoqda.

     Fakultet tarkibidagi kafedralar: 

  1. Qishloq xo`jaligini mexanizaciyalashtirish kafedrasi
  2. Melioraciya va suv xo`jaligi kafedrasi
  3. Tillar kafedrasi
  4. Yer kadastri va yerdan foydalanish kafedrasi

 Fakultetning oliy ta`lim va ishlab chiqarish korxonalari bilan birga ishlash yo`nalishida aloqalari: 

          Fakultetda ta`lim sohasida birga ishlash va ta’limni ishlab shiqarish bilan integratsiyalash maqsadida innovatsion hamkorlik doirasida bir qator oily ta`lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari bilan aloqalar o`rnatilgan. Jumladan, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, Samarqand qishloq xo`jaligi instituti, Andijon qishloq xo`jaligi instituti, Qishloq xo`jaligini mexanizaciyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti, «Qoraqalpoq Agrotexservis MTP» MCHJ, Volgograd davlat qishloq xo`jaligi universitetlari bilan, «Qoraqalpog`iston dehxonchilik ilmiy-tadqiqot instituti», O`zRFA Qoraqalpog`iston bo`limi Botanika bog`i, Quyi Amudarya irrigaciya sistemalari basseyn boshqarmasi, «AgroMES» biolaboratoriyasi, O`zbekiston sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog`iston filiali, Qoraqalpog`iston gidromeliorativ ekspeditsiyasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi fermerlar Kengashi, Toshkent irrigatsiya va melioraciya instituti yonidagi suv muammolari instituti Qoraqalpog`iston filiallari bilan hamkorlik aloqalari yo`lga qo`yilgan.